Zarurat bo`lsa, ro`zador odam og`izini ohista chayishi mumkin. Lekin g`arg`ara qilib, og`iz chayish makruh bo`ladi. Chunki bunda suv yutilib ketib, ro`zani ochib yuborish xavfi bor. Agar qattiq chayish oqibatida ichga suv ketib qolsa, ro`zasi buziladi va Ramazondan keyin qazosini tutishi shart bo`lib qoladi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay`ati.






