Boshlang`ich sinf o`quvchilaridan birining onasi bolalar ombudsmaniga murojaat qilgach, Gurlan tumanidagi maktabning ikki o`qituvchisiga hayfsan, direktoriga esa ogohlantirish berildi. Tekshiruv o`qituvchilarning bilim darajasi pastligini tasdiqladi.
Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi L.K. farzandi boshlang`ich sinfda tahsil olayotgan 34-maktabda ta`lim sifati pastligi yuzasidan bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.
Bu haqda Bola huquqlari bo`yicha vakil matbuot xizmatining xabar berdi.
Murojaatda ayol maktab direktori Q.Q.ga o`qituvchilar A.Z. va D.A.larni bilim darajasi etarli emasligi sababli almashtirishni so`rab murojaat qilgani aytiladi.
Direktor shikoyatga e`tibor qilmagan. Maktab faoliyatining qoniqarsizligi yuzasidan boshqa organlarga qilingan murojaatlar ham natija bermagan.
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligiga bolalar huquqlari bo`yicha vakilning murojaati yo`llangan. Shunga ko`ra, viloyat ta`lim boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan vaziyat o`rganilib, bola D.D. tahsil olayotgan sinfda ta`lim sifati talab darajasida emasligi tasdiqlangan.
Ikki nafar o`qituvchiga hayfsan berildi, direktor esa ta`lim sifatini oshirish, o`qituvchilar faoliyatini nazorat qilish zarurligi haqida ogohlantirildi, deyiladi xabarda.






