AsosiyJamiyat

Sayxunobodda Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi

'Sayxunobodda Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari nega aynan shu tumanga kelganini izohladi.

Sayxunobod aholisi yaxshi yashashga, daromadli bo`lishga, bolalarini o`qitishga intilayotgani, lekin tumandagi og`ir iqtisodiy ahvol bunga to`sqinlik qilayotgani qayd etildi.

Tadbirkorlik, bandlik, kambag`allikdan chiqarishga katta-katta mablag`lar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholini qanchasiga bu imkoniyatlar etib borayapti, degan savol ochiq qolmoqda.

Shuning uchun bugungi yig`ilish tomorqa va uy xo`jaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasaydi.

    Boshqa yangiliklar