Professional boksning WBA yo`nalishi bo`yicha jahon chempioni Isroil Madrimov bugun Toshkentga qaytib keldi. Tantanali kutib olish marosimida chempionga O`zbekiston prezidenti sovg`asi – Tahoe avtomobilining kalitini topshirildi.
Eslatib o`tamiz, hamyurtimiz 8 mart kuni Saudiya Arabistonida o`tgan chempionlik bellashuvida faoliyatida 25 ta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratgan edi.