Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon, Denov, To`rtko`l, Vobkent tumanlari va DXX xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirlarda Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va`da qilgan shaxslar ushlandi.
Bandixon va Denovdagi "A.A." MChJ va “Ya.M.” xususiy avtomaktabi o`rgatuvchi ustalari 2 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 800 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan.
To`rtko`lda fuqaro X.B. fuqaro N.X.ga go`yoki Beruniy tumani YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan qo`lga olingan.
Vobkent tumanida fuqaro S.R. fuqaro G.T.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan tanishlari yordamida o`tkazib qo`yishi evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






