AsosiyDunyo

G`azoga dengiz orqali gumanitar yordam yuborildi

'G`azoga dengiz orqali gumanitar yordam yuborildi'ning rasmi

Kiprdagi portdan gumanitar yordam olib ketayotgan kema G`azo qirg`oqlariga etib bordi.  Bu hiqda zamon.uz sayti xabar bermoqda.

Kecha, 15 mart kuni kechqurun anklavga 200 tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari solingan konteynerlar tushirilgan.

Dengiz missiyasi AQShning World Central Kitchen xayriya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo`lib, Birlashgan Arab Amirliklari asosiy moliyaviy donor hisoblanadi, Ispaniya xayriya tashkiloti esa buning uchun kema taqdim etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari ham quruqlik va havo orqali etkazib berilmoqda, biroq hozirgi yordam miqdori mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun etarli emas. BMT ma`lumotlariga ko`ra, G`azo sektori aholisi ochlikdan azob chekmoqda.

Hozirda World Central Kitchen xayriya tashkiloti G`azoga yordamning ikkinchi partiyasini tayyorlamoqda.

    Boshqa yangiliklar