AsosiyJamiyat

⚡️Buxoroda ikki nafar IIB xodimi qo`lga olindi

'⚡️Buxoroda ikki nafar IIB xodimi qo`lga olindi'ning rasmi

Ichki ishlar organlarida o`z saflarini turli huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil xodimlardan tozalash ishlari jadal olib borilmoqda. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar qildi

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 16 mart kuni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofiser xodimlari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashganlari aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida qo`lga olinganlar.

Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


 


 

    Boshqa yangiliklar