AsosiyJamiyat

Zanjirlangan bola harbiy sport maktabida o`qiydi

'Zanjirlangan bola harbiy sport maktabida o`qiydi'ning rasmi

Avvalroq, Samarqandda mashinaning orqa o`rindig`ida oyog`iga zanjir solingan bola haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilnganini ma`lum qilgan. 

Hodisaga Bolalar ombudsmani tomonidan o`rganildi.

Ma`lumotarga ko`ra, 2011 yilda tug`ilgan Sh.Sh. Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat xarbiy sport maktabi”ning 6-sinfida o`qiydi. Sh.Sh. ning vasiylari J.S. va E.M. lar mazkur maktab o`qituvchisi X.Sh. ni chaqirib, xulqi og`irligi tufayli bolani Samarqand viloyati “Voyaga etmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko`rsatish Markazi”ga olib borishni so`ragan. 2024 yil 16 mart kuni o`qituvchining mashinasiga bolaning vasiysi J.S. go`yoki avtomashinadan tushib qochib ketmasin degan vaj bilan moshinaning orqa o`rindig`ida g`ayriqonuniy tarzda bolani oyoqlarini temir zanjir bilan bog`lab qo`yganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, 17 mart kuni Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda voyaga etmagan Sh.Sh. ga tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko`mak ko`rsatilishi choralari ko`rilmoqda.

“Bola qanday xulqda bo`lishidan qat`iy nazar unga nisbatan bunday g`ayriinsoniy, noqonuniy chora ko`rilishiga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Bunday chora bolaning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqiga ziddir.

Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo`ravonlik holati yuzasidan o`z kuzatuvini davom ettiradi”, - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar