Kogon tumanidagi maktab o`quvchilari Buxoro shahriga teatr tomoshasiga olib ketayotgan avtobusning YTHga uchragani haqida xabar berilgan edi.
YTH natijasida bir nafar avtobus yo`lovchisi og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, bir nafar yo`lovchi tan jarohati olgan bo`lib, 25 nafar yo`lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgani haqida rasmiy xabar berildi.
Kogon shahar hokimi Hayot Davlatov baxtsiz hodisada jarohatlangan o`quvchilar xolidan xabar oldi.
Aytilishicha, o`quvchilarning 18 nafari Kogon shahar tibbiyot birlashmasida yotqizilgan bo`lib birinchi tez tibbiy yordamlar ko`rsatilgan. Shahar bosh vrachi Odil Zaripovning takidlashicha o`quvchilarning barchasini sog`ligi joyida, hech qanday xovotirga o`rin yo`q, viloyat kasalxonasidan professional shifokorlar kelib o`quvchilarning sog`ligini ko`rib ketishgan.
Hozirgi vaqtda ko`rsatilishi lozim bo`lgan tibbiy yordam ko`rsatilib turibdi. Barchasi shifokorlar nazorati ostida ekanligi, kerakli dori-darmonlarning hammasi birlashmada mavjudligi qaytd etildi.
Hokim o`quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashib bolalar uchun kerakli bo`lgan tibbiy yordamlar birlashmaning malakali shifokorlari tomonidan ko`rsatilayotganini aytgan.






