Toshkent shahrida yashovchi fuqaro V.D. 2022 yilda tug`ilgan nevarasi Z.N. hozirda Rossiyadagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanmoqda. Bolaning buvisi uni olib kelishda yordam so`rab Ijtimoiy himoya milliy agentligiga murojaat qilgan.
Bolaning onasi Z.A. uni enagaga qoldirgan. Bola uzoqt vaqt olib ketilmagani uchun enaga uni polisiyaga bopshirgan. Shu tariqa bola vasiylik organiga borib qolgan. Vasiylik organi bolani tashlandiq sifatida rasmiylashtirib, unga yangidan ism-familiya berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mazkur holat yuzasidan kompleks o`rganish ishlari boshlangan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, voyaga etmagan Z.N. hech bir hujjatlarsiz vaqtinchalik parvarish qilish markaziga olib ketilgan bo`lib, shu tufayli Rossiya tomoni bolaning onasi bilan munosabatlarini tasdiqlash uchun DNK testini tayinlash orqali sudda bolaning shaxsini aniqlash kerakligi ma`lum qilingan.
Hozirda bolaning buvisi fuqaro V.D. tashabbusi bilan fuqaro Z.A. qizi N.Z. bilan oilaviy munosabatlarni rasmiy tasdiqlash uchun Rossiya Federasiyasida tegishli tartibda sudga ariza bergan.
Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaro V.D.ning voyaga etmagan nabirasini o`z vasiyligiga o`tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiyaning vasiylik va homiylik organlariga yuborilgan.






