AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 6,5 mingdan ortiq nikohdan o`tmasdan yashayotgan shaxslar aniqlandi

'O`zbekistonda 6,5 mingdan ortiq nikohdan o`tmasdan yashayotgan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Ma`lum qilinishicha Respublika miqyosida jami 9 209 ta mahallalarda xatlov o`tkazilib, 98 192 nafar shaxslarda tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan bo`lib, shundan 88 570 tasi ijobiiy hal etildi, qolgan holatlar o`rganib chiqilmoqda.

Jumladan,

1 261 nafar shaxsning tug`ilishi qayd etib berildi;

276 nafar shaxsning tug`ilishini qayd etish uchun tug`ilganlik faktini belgilash yuzasidan sudga ariza kiritildi;

9 450 nafar shaxsga tug`ilganlik haqida takroriy guvohnoma berildi ya`ni hujjatini yoqotib qo`ygan fuqarolarga ular tiklab berildi;

6 503 ta qonuniy nikohdan o`tmasdan birga yashayotgan shaxslarning nikohi qayd etildi;

2 593 nafar shaxsning o`limi muddati o`tib qayd etildi;

639 nafar shaxsning o`lim faktini belgilash yuzasidan sudga ariza kiritildi;

3 429 nafar shaxsning o`limi haqida takroriy guvohnoma berildi;

7 973 nafar fuqaroga ID-karta rasmiylashtirildi;

23 274 ta tadbirkorlik sub`ektlari davlat ro`yxatidan o`tkazildi;

12 130  ta tadbirkorlik sub`ektlari qaytaro`yxatdan o`tkazildi;

17 865 ta ko`chmas mulk ob`ektlari davlat ro`yxatidan o`tkazildi;

93 428  ta sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar