Navro`z bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga muntazam avtobus yo`nalishlari orqali o`z manziliga etib olishni rejalashtirgan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan amaldagi 32 ta reyslarga qo`shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo`nalishlarda 17 ta avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qatnovlar “Toshkent” avtovokzalidan Samarqand, Buxoro, Qorako`l, Mirbozor, Navoiy, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G`uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva shaharlariga amalga oshirilmoqda.
Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishish mumkin.
Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan hamda "UzBus" mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.