1

Isroil Madrimovga muddatidan oldin mayor maxsus unvoni berildi

Sport 19.03.2024, 12:20
Isroil Madrimovga muddatidan oldin mayor maxsus unvoni berildi

Sportning boks turi bo`yicha super o`rta vazn toifasida WBA kamarini qo`lga kiritib, professional boks bo`yicha yangi jahon chempioni bo`lgan Isroil Madrimov Ichki ishlar vaziri tomonidan muddatidan oldin mayor maxsus unvoni tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Maxsus unvonni topshirish marosimi «Namunali huquq tartibot maskani» respublika bosqichi g`oliblarini IIV Madaniyat saroyida bo`lib o`tgan tantanali tadbirda bo`lib o`tdi. Unvonni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po`lat Bobojonovning o`zi topshirgan.

Eslatib o`tamiz, Boks bo`yicha Osiyo o`yinlari va qit`a chempionati g`olibi Isroil Madrimov professional boksda super o`rta vazn toifasida WBA kamarini qo`lga kiritdi. Tantanali kutib olish marosimida chempionga O`zbekiston prezidenti sovg`asi – Tahoe avtomobili topshirildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1