AsosiyJamiyat

Chegarachining ayoliga pensiyaga chiqishda qanday imtiyoz beriladi?

'Chegarachining ayoliga pensiyaga chiqishda qanday imtiyoz beriladi?'ning rasmi

Turmush o`rtog`im chegara qo`shinlarida harbiy xizmatchi. Ular bilan yashagan hududda ishlash imkoniyatim bo`lmadi. Kelajakda pensiyaga chiqish vaqtimda menga qanday imtiyoz beriladi?

Ushbu savolga pensiya jamg`armasi quyidagicha javob berdi:

 "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq, ofiserlar tarkibidan bo`lgan shaxslar, proporshiklar, michmanlar va muddatdan tashqari  xizmat harbiy xizmatchilari o`z xizmat faoliyatlari davomida:

  • turmush o`rtoqlari bilan birga yashayotgan, lekin turmush o`rtoqlari uchun xizmat qilinayotgan hududda ishlash imkoniyati bo`lmaslik holatlari mavjud.

Mana shunday holatlardan kelib chiqib, yuqorida qayd etilgan harbiy xizmatchilar turmush o`rtoqlarining erlari bilan yashagan vaqtlari pensiyaga chiqishlarida mehnat stajiga qo`shib hisoblanadi.

 Shuningdek, qonunga muvofiq, ushbu davr 10 yildan oshmasligi belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar