AsosiyJamiyat

Ozarbayjon O`zbekiston energetikasini rivojlantirishda yordam beradi

'Ozarbayjon O`zbekiston energetikasini rivojlantirishda yordam beradi'ning rasmi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-134-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston va Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o`rtasida energetika sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi.  

Bitim 2023 yil 22 avgust kuni Boku shahrida imzolangan.

Energetika vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.

 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar