AsosiyJamiyat

Poytaxtda 10 tonnalik sumalak tayyorlanadi

'Poytaxtda 10 tonnalik sumalak tayyorlanadi'ning rasmi

20-24 mart kunlari poytaxtimizdagi “Milliy bog`” O`zbekiston Milliy bog`ida “MAKON FEST – 2024” III milliy san`at va an`analar festivali bo`lib o`tadi.

Milliy meros va vatanparvarlik atrofida birlashish g`oyasini aks ettiruvchi ushbu forumning shiori “Biz bir Makon – biz O`zbekiston” deb nomlangan.

Festivalga dunyoning turli burchaklaridan, xususan, Italiya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Ispaniya, Gresiya, Qozog`iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan mehmonlar va sayyohlar kelishi kutilmoqda.

Tadbir dasturidan musiqa jamoalari chiqishlari, an`anaviy xalq sayillari va o`yinlari, sharq yarmarkasi, o`zbek hunarmandlarining mahorat darslari, modalar namoyishi, ko`rgazmalar o`rin olgan bo`lib, 10 tonnalik sumalak tayyorlash rejalashtirilgan.

“MAKON FEST – 2024”ning yakuniy kunida mashhur estrada san`atkorlari bilan folklor jamoalarini bir sahnada birlashtirgan gala-konsert hamda iste`dodli san`at va hunarmandchilik ustalari, oshpazlar, dizaynerlar va folklor jamoalarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili Namanganning Afsonalar vodiysida 7 tonnalik doshqozonda Navro`z taomi sumalak tayyorlangan edi.

    Boshqa yangiliklar