AsosiyJamiyat

Buxoroda avtohalokatga uchragan avtobus ishi bo`yicha mansabdorlarga jinoyat qo`zg`atildi

'Buxoroda avtohalokatga uchragan avtobus ishi bo`yicha mansabdorlarga jinoyat qo`zg`atildi'ning rasmi

Kogon tumanidagi maktab o`quvchilari Buxoro shahriga teatr tomoshasiga olib ketayotgan avtobusning YTHga uchragani haqida xabar berilgan edi.

YTH natijasida bir nafar avtobus yo`lovchisi og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, bir nafar yo`lovchi tan jarohati olgan bo`lib, 25 nafar yo`lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgani haqida rasmiy xabar berildi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati boshlig`ining qayd etishicha, hodisa yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, darhol tergovga kirishilgan. 

Bundan tashqari, Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tekshirishda ayrim mansabdor shaxslar maktab bolalarini avtobusda tashish va hamrohlik qilish ishlarini tashkil qilishda qo`pol qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

Tergov harakatlari har tomonlama, to`liq va xolisona o`tkazilishi va natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar