O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Pranab Kumar Mukerjiga maktub yo`lladi.
Maktubda Uttar-Pradesh shtati Kanpur shahrida yuz bergan temir yo`l halokati oqibatida ko`plab insonlarning nobud bo`lgani va jarohat olgani sababli hamdardlik bildirilgan.
O`zbekiston rahbari chuqur ta`ziya izhor etib, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga samimiy hamdardlik tuyg`ularini etkazib qo`yishni so`radi.