O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik, ayrim joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.






