1

Salim Abduvalievga nisbatan sud hukmi o`qildi

Jinoyat 23.03.2024, 13:07
Salim Abduvalievga nisbatan sud hukmi o`qildi

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo`yicha Yashnobod tumani sudida bo`lib o`tgan sud majlisida Salim Abduvaliev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O`qotar qurolning, o`q-dorilarning, o`qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan. Bu haqda Uzreport xabar bermoqda

“Salimboy”ga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sud hukmi taxminan 19 mart kuni o`qilgani aytilmoqda. Ammo shu paytgacha bu haqda rasmiy axborot berilmagan.

Manbaning ta`kidlashicha, Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida qo`lga olinganlarning yana bir nechtasi bo`yicha ish sudga chiqarilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1