Shu yilning 26 mart kuni soat tahminan 16:00da 4R-116 (Davlat ahamiyatiga molik) “Namangan-Uychi-Uchqo`g`on” yo`lining 28 kilometri chorrahasida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati yo`l harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Spark" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan "Nexia" rusumli transport vositasi bilan to`qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida ikki avtomashinada yong`in chiqib, avtomashinalar to`liq yonib, zararlangan.
"Spark" haydovchisi “tizzasi lat eyishi”, "Nexia" haydovchisi “chap oyog`i lat eyishi”, ikki nafar yo`lovchilar ham tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ma`lumot uchun, hodisa oqibatida vafot etganlar yo`q.






