1

G`azo sektorida halok bo`lganlarning uchdan ikki qismidan ko`prog`i ayollar va bolalardir

Dunyo 29.03.2024, 21:44
G`azo sektorida halok bo`lganlarning uchdan ikki qismidan ko`prog`i ayollar va bolalardir

Isroilning G`azo sektorida 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzi qurbonlari orasida 23 810 nafai ayollar va bolalardir. Bu haqda G`azo sektori hukumati matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Bayonotga ko`ra, ko`rsatilgan muddat ichida Isroil harbiylari Falastin anklavida 2888 ta qirg`in amalga oshirgan.

Isroil hujumlarida 14350 nafar bola va 9460 nafar ayol halok bo`ldi. Shuningdek, Isroil hujumlaridan jabrlanganlarning 73 foizini ayollar va bolalar tashkil etgani ta`kidlangan.

7 ming kishi vayronalar ostida qolgan yoki bedarak yo`qolgan. Isroilning G`azo sektoridagi tajovuzi natijasida halok bo`lgan falastinliklar soni 32 623 nafarga etdi, yana 75 092 nafari yaralandi.

G`azo sektorida to`yib ovqatlanmaslik va suvsizlanish tufayli 28 bola halok bo`ldi. Isroil G`azoda oziq-ovqat va suv tanqisligini sun`iy ravishda yaratmoqda. Isroil rasmiylari mintaqaga insonparvarlik yordami etkazilishiga to`sqinlik qilmoqda va bu bilan insonparvarlik falokatini keltirib chiqarmoqda.

Qayd etilishicha, 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi G`azoda 70 ming tonnadan ortiq portlovchi moddadan foydalangan.

Isroil hujumlarida 364 tibbiyot xodimi, 48 fuqaro mudofaasi xodimi va 136 jurnalist halok bo`ldi.

Isroil agressiyasi natijasida G`azo sektorida 17 ming bola ota-onasiz yashamoqda.

G`azo tashqarisida davolanishga muhtoj insonlar soni 11 ming kishiga etdi, 10 ming saraton kasali esa etarli tibbiy yordam ko`rsatilmagani uchun o`lim xavfi ostida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1