AsosiyDunyo

Marokashda dunyodagi eng katta stadion quriladi

Marokash 2030-yilgi Jahon chempionati uchun qurishni rejalashtirgan yangi stadion loyihasi...

'Marokashda dunyodagi eng katta stadion quriladi'ning rasmi

Marokash 2030-yilgi Jahon chempionati uchun qurishni rejalashtirgan yangi stadion loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “TheSun” nashri xabar qildi.

“TheSun” nashrining yozishicha, stadion GrandstadedeCasablansadeb nomlanadi. Arena tribunalari 115 ming tomoshabinga mo`ljallangan bo`lib, bu sig`imi bo`yicha boshqa maydonlardan kattaroqdir. 

Stadion Al-Mansuriya shahrida quriladi. Marokashliklar ushbu stadion qurilishi orqali Ispaniya va Portugaliya bilan birga mezbonlik qiladigan 2030-yilgi Jahon chempionati finalini o`tkazish huquqini qo`lga kiritmoqchi. 

Ispaniya tomoni ham finalni Madrid yoki Barselonada o`tkazishga umid qilmoqda.

Eslatib o`tamiz, futbol bo`yicha Jahon chempionati ilk bor uch qit`ada va oltita davlatda o`tkaziladi. 

2030-yilgi Jahon chempionatidagi aksariyat o`yinlar Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o`tkaziladi. Janubiy Amerikada uchta o`yin bo`lib o`tadi. 

Ochilish o`yini Urugvayda bo`lib o`tadi va mahalliy terma jamoa ishtirok etadi. Xuddi shu holat Argentina va Paragvay terma jamoalarining guruhdagi dastlabki o`yinlariga ham tegishli — ular o`z vatanlarida ochilish o`yinlarini o`tkazishadi.

    Boshqa yangiliklar