1 apreldan O`zbekiston qonunchiligida bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi.
Jumladan:
- Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi
- Ayrim yolg`iz keksalarga poezdga bepul chiptalar ajratiladi
- Ijtimoiy qo`llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida ayrim xizmatlar ko`rsatiladi
- Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda rag`batlantiriladi
- Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari sertifikatlanadi
- Ayrim tadbirkorlarga subsidiya beriladi
- “Ko`cha san`ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi
- “Madaniyat to`lqinlari” media loyihasi doirasida eng yaxshi media mahsulotlarga pul mukofoti beriladi
- Davlat xaridlari doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga preferensiyasi beriladi
- Yuk va yo`lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo`l varaqalari elektron yuritiladi
- Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reytingiga qarab beriladi.






