Xitoy Erni masofadan zondlaydigan yangi Yunhai-3 02 sun`iy yo`ldoshini koinotga uchirdi. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.
U tabiiy ofatlarni yuqori aniqlik bilan bashorat qilish va ularning halokatli oqibatlarining oldini olish imkonini beradi.
Fazoviy uskunani Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 6:51 da modifikasiyalangan Yunhai-3 02 raketa-tashuvchisi quyi Er orbitasiga olib chiqdi.
Sun`iy yo`ldosh atmosfera, dengiz muhiti va fazoni kuzatish, ilmiy tajribalar o`tkazish, xavfli atmosfera hodisalarining shakllanish belgilarini aniqlash, tabiiy ofatlarni bashorat qilish hamda ularning oqibatlarini kamaytirish uchun ishlatiladi.






