O`zbekiston davlat drama teatri binosida ta`mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 1 aprel kunidan boshlab teatr tomoshalari namoyishi noma`lum muddatga qadar to`xtatildi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, teatr ijodiy jamoasi joylarda ko`chma spektakllar namoyishini va gastrol safarlarini davom ettiradi.
Ta`mirlash ishlari yakunlangach bu haqda jamoatchilik xabardor qilinadi, deyiladi vazirlik e`londa.






