AsosiyJamiyat

5-qavatdan tushib ketib halok bo`lgan ayolning eri qamoqqa olindi

'5-qavatdan tushib ketib halok bo`lgan ayolning eri qamoqqa olindi'ning rasmi

Joriy yilning 27 mart kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o`zini ko`p qavatli binoning 5-qavatidan tashlab vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Jurnalistik surishturuvlarda ayolning yaqinlari va qo`shnilari uni eri tomonidan pastga tashlab yuborganligiga ishora qiluvchi bir qancha faktlarni keltirishdi.

Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ayolga doimiy zo`rlik ishlatib kelganlikda gumon qilinayotgan erkak qamoqqa olinganini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat Kodeksining 103-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar