O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning topshiriqlariga asosan YTH oqibatida xalok bo`lganlarni Vatanimizga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 4-aprel kuni soat 10:25 da Qozog`iston Respublikasiga uchib ketdi. Bu haqda FVV xabar qildi.
Eslatib o`tamiz, 2024 yilning 3 aprelida Aktobe viloyati, Alg`a tumani hududidan o`tuvchi “Samara-Shimkent” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo`lida sodir bo`lgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan 8 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo`ldi.
YTH bo`yicha jinoyat ishi ochilgan.






