Bugun, 4 mart kuni soat 11.00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko`chasida Kamaz rusumli tirkamali yukavtomashinasi hamda 14 ta engil avtomashinalar ishtirokida, 3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker 2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia 2, 1 ta Nexia 3, 1 ta Cherry, 3 ta Lacetti, yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko`ra, mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YTH natijasida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko`rsatilgan.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlari hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlari so`raladi.






