Buxoro viloyatida 15 yashar qiz sog`lom bo`lsa-da, ruhiy-asab kasalliklar dispanseridan olib ketilmagan. Bu haqida Bolalar ombudsmaniga ma`lum qildi.
Viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma`muriyatini Ombudsmanga yo`llagan murojaatida 2009 yilda tug`ilgan M.Ya. (qiz bola) bugungi kunda shifo topgan bo`lsada, holidan hech kim xabar olmasligi, onasi qizini olib ketolmasligi bayon qilingan.
Bolalar ombudsmani voyaga etmagan M.Ya. oilasining ijtimoiy vaziyati baholanishi va uning shifoxonadan chiqarilib, sog`lom hayotga moslashuvi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so`rov yuborgan.
Agentlik qizning onasi bilan uchrashib, tushuntirish ishlari olib borgan. Natijada, farzandi M.Ya. joriy yilning 19 mart kuni Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan chiqarilib, yashash manziliga olib ketildi.
Bundan tashqari, M.Ya. hozirda o`qishini Buxoro shahridagi 8-sonli umumiy o`rta maktabda davom ettira boshlagan.






