1

Bugun O`zbekiston qator hududlarida yomg`ir yog`adi

Jamiyat 05.04.2024, 08:09
Bugun O`zbekiston qator hududlarida yomg`ir yog`adi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1