1

Andijon, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida fuqarolarni AQShga yuborish bilan shug`ullanuvchilar ushlandi

Jamiyat 05.04.2024, 10:31
Andijon, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida fuqarolarni AQShga yuborish bilan shug`ullanuvchilar ushlandi

Amerika Qo`shma Shtatlariga noqonuniy yo`llar bilan yuborishni va`da qilgan shaxslar ushlandi, deya “darakchi.uz”ga xabar qildi DXX matbuot xizmati.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Marhamat tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika davlati orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborish evaziga 19 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 15 ming AQSh dollaridan 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida mazkur noqonuniy ishga aloqador bo`lgan, Marhamat tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro ham qo`lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo`yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Nurota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika orqali Qo`shma Shtatlarga yuborish evaziga 14 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs 15 ming AQSh dollari evaziga Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborishni va`da qilib, oldindan 12 ming AQSh dollari va 6 mln. so`m olgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Bektemir tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi, 1990 y.t. ayol Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, uni “Turkiya-Nikaragua-Meksika” yo`nalishi orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborish evaziga 16 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 9 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1