Joriy yilning 8 aprel kuni soat 16:10 atrofida Qashqadaryo viloyati prokuraturasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.
Unga ko`ra, Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo`yicha aybdor shaxsga nisbatan engillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
#Qashqadaryo viloyati #prokuraturasi tergovchisi #pora #ushlangan






