1

Toshkent tumanida inspektor pichoqlandi

Jamiyat 09.04.2024, 20:26
Toshkent tumanida inspektor pichoqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent tumanida profilaktika inspektori pichoqlab ketildi" izohi bilan xabarlar tarqalmoqda

Toshkent viloyati IIBB Matbuot kotibi holat tarmoqlarda biroz boshqacharoq talqin qilinayotganini ma`lum qildi. Aytilishicha, aslida inspektor xizmat vaqtida jarohat olgan.

Kecha 8 aprel soat 21:10larda Toshkent tumani Qorasaroy MFYda yashovchi, 1968 y.t. fuqaro Q.J. mast holda uyida janjal qilayotganligi sababli, shoshilinch chaqiruvga asosan voqea joyiga etib borgan tuman IIB profilaktika katta inspektori podpolkovnik Murod Xaliqov, 56 yoshli fuqaroni tinchlantirayotganida u faol qarshilik ko`rsatib, qo`lidagi pichoq bilan inspektorning chap bel qismiga urib jarohat etkazgan.

Natijada tungi xizmat vaqtida jarohat olgan profilaktika inspektori IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. Fuqaro prosessual tartibda ushlangan va dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1