AsosiyJamiyat

Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi to`liq cheklandi

'Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi to`liq cheklandi'ning rasmi

Joriy yilning 9 aprel kuni soat 17.00 dan 10 aprel soat 17.00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to`liq cheklanadi. 

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, cheklov Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtda xavfsizlik choralarini ko`rish maqsadida o`rnatilgan.

Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.

Rasmiylar vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar