AsosiyJamiyat

Toshkentdagi savdo rastasida yong`in chiqdi

'Toshkentdagi savdo rastasida yong`in chiqdi'ning rasmi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yashnobod tumanida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 10 aprel kuni Yashnobod tumani “Yangiqo`rg`on” MFY, Tolariq ko`chasida joylashgan ochiq pavilon tarzida jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydondagi eski buyumlar yongan.

Toshkent shahar FVBga 22:55 da xabar kelib tushib, aytilgan manzilga yong`in qutqaruv bo`linmalari soat 23:00 da etib borgan va soat 23:09 da yong`in o`chirilgan.

Yong`in oqibatida halok bo`lganlar va jarohat olganlar yo`q, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar