AsosiyJamiyat

Aprel oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi tahlil qilindi

'Aprel oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi tahlil qilindi'ning rasmi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari  2024 yilning aprel oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o`zgarishini ko`rib chiqdi.  

Monitoring natijalari 6 xil mahsulot bo`yicha minimal narxlar o`tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko`rsatdi. Shunday qilib, limonning narxi 18,8 foiz, bodringning narxi  17,6 foiz, tuxumning narxi 17,3 foiz, bananning narxi 13,5 foiz, tovuq go`shtining (file) narxi 6,8 foiz, sariq piyozning narxi 5,4 foiz pasaygan.

8 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi o`zgarishsiz qolgan. Bular: bug`doy uni, guruch, grechka, makaron, shakar, karam, margarin, kungaboqar yog`i.
7 nomdagi mahsulotlar narxi oshgan. Narxining oshishi bo`yicha pomidor etakchi bo`ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog`liq.

    Boshqa yangiliklar