AsosiyJamiyat

Germaniyada xalqaro simpozium bo`lib o`tdi

'Germaniyada xalqaro simpozium bo`lib o`tdi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi va “Yangi O`zbekiston” universiteti tomonidan Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va O`zbekiston o`rtasida ta`lim, fan va sanoat bo`yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Simpoziumni Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi. 

Unda yurtimizdan Energetika vazirligi, “O`zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O`zmetkombinat” AJ, “O`zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ “O`zcharmsanoat” AJ, “O`zkimyosanoat” AJ va “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda Germaniyaning ilg`or universitetlari va Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kabi nufuzli nemis sanoat kompaniyalari ham qatnashdi.

Simpozium davomida mamlakatimizda ta`lim, ilm-fan va sanoat o`rtasidagi hamkorlik bo`yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida Germaniyaning bu boradagi ilg`or tajribasi asosida yaxlit tizim yaratish maqsad qilingan.

    Boshqa yangiliklar