AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shilqimlik qilgani uchun 318 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi

'O`zbekistonda shilqimlik qilgani uchun 318 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Keyingi yillarda mamlakatimiz sud-huquq tizimida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rni va nufuzini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini mustahkamlash borasidagi izchil sa`y-harakatlar alohida e`tiborga loyiq.

Bu haqda fikr yuritganda, jumladan, Prezident tomonidan 2023 yil 11 aprelda imzolangan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga ko`targanini ta`kidlash lozim. 

Ushbu Qonunga muvofiq Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks 41-1-modda(shahvoniy shilqimlik qilish), 59-2-modda(oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) va Jinoyat kodeksi126-1-modda(oilaviy (maishiy) zo`ravonlik), 141-3-modda(shaxsning sha`nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma`lumotlarni oshkor qilish) bilan to`ldirildi.

2024 yilning 1-choragidaMa`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning41-1-moddasi(shahvoniy shilqimlik qilish) bilan 318 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortilib, ularning 97 nafariga jarima jazosi, 221 nafariga esa ma`muriy qamoq jazosi qo`llanildi.

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning59-2-moddasi(oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) bilan 4 343 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortilib, ularning 2 344 nafariga jarima jazosi, 1 999 nafariga esa ma`muriy qamoq jazosi qo`llanildi.

Jinoyat kodeksining126-1-moddasi(oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) bilan 134 nafar shaxs sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 83 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazolar tayinlandi.

Jinoyat kodeksining141-3-moddasi(shaxsning sha`nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma`lumotlarni oshkor qilish) bilan 40 nafar shaxs sudlanib, ularning 13 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 27 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazolar tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar