AsosiyDunyo
2016

Suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumi bekor qilindi

'Suv toshqinlari sabab Ostona xalqaro forumi bekor qilindi'ning rasmi

Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev mamlakatda kuzatilayotgan yirik suv toshqinlari sababli Ostona xalqaro forumini bekor qildi. Bu haqida zamon.uz mahalliy nashrlarga tayanib xabar bermoqda.

“Qozog`istonda misli ko`rilmagan suv toshqini va keng ko`lamli vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish hamda mamlakat fuqarolariga yordam ko`rsatish uchun moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli men Ostona xalqaro forumini bekor qilishga qaror qildim”, — deb yozdi Qozog`iston rahbari.

Qo`shimcha qilinishicha, forum 2025 yilda o`z ishini davom ettiradi.

Eslatib o`tamiz, Qozog`iston prezidenti raisligida Ostona forumi 13-14 iyun kunlari bo`lib o`tishi kerak edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar