1

Qozog`iston pedofillarga umrbod qamoq jazosini qo`llaydi

Dunyo 13.04.2024, 19:58
Qozog`iston pedofillarga umrbod qamoq jazosini qo`llaydi

Qozog`iston Senati (parlament yuqori hay`ati) pedofillar hamda ekstremizm va terrorizmga aloqador shaxslarning respublikaga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini birinchi o`qishda ma`qulladi, deb xabar berdi palata matbuot xizmati.

“Parlament deputatlari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Qozog`iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholi migrasiyasi va jazoni ijro etish tizimi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari bo`yicha o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun birinchi o`qishda ko`rib chiqildi va ma`qullandi", - deyiladi xabarda.

Hujjatga ko`ra, “voyaga etmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlarda ayblangan” xorijliklarning mamlakatga kirishi taqiqlanadi.

 “Shuningdek, ekstremistik yoki terrorchilik faoliyati bilan shug`ullangan xorijliklarning mamlakatga kirishiga ham taqiq joriy etilmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ilgari ushbu hujjat respublika parlamenti quyi palatasi tomonidan tasdiqlangan edi. 

11 aprel kuni Senat ham qonunga pedofillarni umrbod qamoq jazosini nazarda tutuvchi tuzatishlarni ma`qulladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1