1

Meteotobelik: ob-havoning keskin o`zgarishi kimlarga xavf soladi?

Salomatlik 23.11.2016, 11:06
Teglar: Salomatlik
Meteotobelik: ob-havoning keskin o`zgarishi kimlarga xavf soladi?

Ob-havoning keskin o`zgarishi salomatlik uchun beiz qolmaydi. Odatda, bunday kunlarda aholi orasida xastalanish holatlari ko`p uchraydi. Buning sabablari haqida shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA ma`lumot beradi.

Atmosfera bosimi qonga ham ta`sir qiladi!

Atmosfera bosimining o`zgarishi tomirlarimizdagi qon aylanishiga ta`sir qiladi. Ayniqsa, biror xastalikka ro`baro kelgan bo`lsangiz yoki surunkali kasallik kuzatilsa ob-havo o`zgarishiga sezgir bo`lib qolishingiz aniq. Mutaxassislar bu holat shahar aholisi orasida ko`pligini ta`kidlashmoqda.  haqiqatan, zamonaviy odam hayotining ko`p qismini yopiq joylarda, kondisioner yoki boshqa isitish moslamalari o`rnatilgan xonalarda o`tkazadi. Shuning uchun tashqi ob-havo o`zgarishiga uning organizmi tayyor bo`lmaydi.

IRSIYaT AYBDORMI?

Ob-havo o`zgarishiga ta`sirchanlik ota-ona tomonidan ham o`tishi mumkin. Ya`ni, volidangiz ob-havo o`zgarishidan bir kun oldin “bo`g`imlari zirqirayapti” deya ertaga yomg`ir yog`ishini bashorat qilsa, biling-ki, bir kun kelib, bu ahvolga o`zingiz tushishingiz mumkin.

Lekin meteotobelikka bo`lgan asl sababni hayot tarzimizdan qidirish to`g`riroq. Kamharakatlilik, ovqatlanishda darmondori va minerallar etishmasligi, sog`liqqa beparvolik (surunkali kasalliklarni vaqtida davolamaslik) organizmni holsizlantirib, odamni ob-havo o`zgarishiga ta`sirchan qilib qo`yadi.

SOVUQDAN O`ZINGIZNI ASRANG!

Shifokorlar ob-havoning qisqa vaqt ichida 12 daraja sovuqqacha pasayishi, hatto sog`lom odamga ham salbiy ta`sir qilishini isbotlaganlar. Ayniqsa, bosh miya va yurak kasalliklari bilan og`rigan bemorlar bu davrda sergak bo`lishlari, imkon boricha, ko`chaga chiqmay, og`ir yumushlar bilan shug`ullanmasliklari zarur.

Maslahat: shu kunlarda qizil va sariq tusdagi mevalar va ulardan tayyorlangan sharbatlarni tez-tez ichish, taomga qizdiruvchi ta`sirga ega dolchin (korisa), zanjabil (imbir) kabi ziravorlarni qo`shib iste`mol qilish kerak.

ISSIQQA TOBINGIZ QALAY?

Yilning sovuq faslida haroratning birdaniga isib ketishi ham inson salomatligi uchun xavfli ekani isbotlangan. Bu vaqt, ayniqsa, o`smirlar va keksalar uchun qiyin kechadi. Yoshlar organizmida gormonal o`zgarishlar yuz berayotgani uchun kayfiyatlari tez ko`tarilib tushadi, dangasalik avj oladi. Keksalar esa qo`l-oyoqdagi og`riq, behollikdan qiynalishadi.

Maslahat: kaliy, magniy, kalsiyga boy mahsulotlarni ko`proq iste`mol qiling. Ular banan, karam, ismaloq, o`riq qoqisi, grechixa yormasi, baqlajonda bisyor bo`ladi.    

ShAMOL ESGANIDA...

Kuchli shamol esganda ayollarda bosh og`rig`i, 3 yoshgacha bo`lgan bolalarda esa  injiqlik, besabab yig`i kuzatiladi. Ammo bu vaqtda astmatiklarning nafas olishlari yaxshilanadi.

Maslahat: bolalardagi bezovtalikni bartaraf etish uchun uxlashdan oldin yalpiz yoki moychechakli vannada cho`miltirish kerak. Bosh og`rig`i va beg`ollikni engish uchun esa yong`oq va limonni qiymalag`ichdan o`tkazib, bir piyola asal bilan aralashtirib iste`mol qiling. Ahvolingiz yaxshilanadi!

YoMG`IR YoG`DI MAYDALAB...

Ruhiy-asab kasalliklari hamda astma, bo`g`im kasalliklari bilan og`rigan odamlar uchun muammoning o`zginasi. Klimaks davridagi ayollar ham yomg`ir yog`ishidan oldin o`zlarini loxas sezishlari mumkin.

Maslahat: shu kunlarda kechalari kompyuter va televizor oldida uzoq o`tirmay, yaxshisi vaqtida dam oling. Kun tartibiga qat`iy rioya qilish meteotobelik ta`siridan saqlanishga yordam beradi. Mineral gazsiz suvga 2-3 tomchi limon, aloe yoki anor suvini tomizib ichilsa, ahvolingiz ancha yaxshilanadi.

Oppoq qor!

70 foiz odam bunday paytda faqat quvonadi. Ammo qolgan 30 foizi-chi? Bosh miya ichki bosimi ko`tariladigan yoki  distoniya (behollik, ko`z tinishi, ruhiyat tushishi bilan kechadigan kasallik) bilan og`rigan odamlar uchun qor yog`ishi ham bir muammo. Bunday paytda ularning boshi qattiq aylanib, quloqlarida shovqin seziladi, ko`ngli behuzur bo`ladi.

Maslahat: qor boshlanishi bilan shifokor tavsiyasiga ko`ra, qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalar, jenshen damlamasi, tinchlantiruvchi vositalar qabul qilgan yaxshi. Shuningdek, havo o`tkazadigan, tabiiy matolik kiyimlar kiyishga, ko`proq piyoda yurishga, ammo ortiqcha toliqmaslikka harakat qiling. Yodingizda bo`lsin: meteotobelik bu tashxis emas, balki sizning sog`lom hayot qonunlariga bo`ysunmasligingiz oqibati. Hayotingizda tartib, harakat va yaxshi kayfiyat davomiy bo`lsa, ob-havo ta`siridan qo`rqmasangiz ham bo`ladi.  

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1