1

Qashqadaryo, Andijon, Toshkent va Farg`onada bir necha shaxslar pora bilan ushlandi

Jinoyat 14.04.2024, 11:45
Qashqadaryo, Andijon, Toshkent va Farg`onada bir necha shaxslar pora bilan ushlandi

Qashqadaryo, Andijon, Toshkent va Farg`onada bir necha shaxslar ropa bilan qo`lga tushdi. Bu haqdaDXX darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Qashqadaryo viloyati Ko`kdala tumani hokimining o`rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xususiy korxonani“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida mahalliy dehqonlarga plyonka etkazib beruvchi ta`minotchi korxona sifatida tayinlash evaziga 5 ming AQSh dollari talab qiladi. 

Ammo, u so`ralgan pul mablag`i hisobidan 15 mln. so`m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokim o`rinbosari o`zining qo`shtirnoq ichidagi xolis yordami evaziga avval 10 mln. so`m olganligi ham ma`lum bo`lgan.

Ta`kidlash lozimki, u muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan sudlangan bo`lsada, o`z xatosidan to`g`ri xulosa chiqarmagan. 

Andijon shahrida kuzatilgan holatda, yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi MChJ rahbarimahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, o`zining mansabdor tanishlari orqali, uning nomiga mas`uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, “Eski shahar – Oltinko`l” yo`nalishida yo`lovchi tashish bo`yicha aholiga pullik xizmat ko`rsatish uchun o`tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g`oliblikni qo`lga kiritib berish evaziga 7500 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va IJQKD xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, u so`ralgan pul mablag`ini olgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor shaxsning ushbu noqonuniy ishga aloqadorligi aniqlanib, u ham prosessual tartibda ushlangan.

Afsuski, mazkur shaxs ham muqaddam sudlangan bo`lsada, xatosidan to`g`ri xulosa chiqarmagan.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln. 108 ming 629 AQSh dollari va 265 ming 187 evro miqdoridagi qarzdorlikni undirish to`g`risidagi ijro ishi yuzasidan, korxonaga tegishli ko`chmas mulklarni baholash ishlari uchun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko`rsatib, bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o`tkazilgan ortiqcha pul mablag`idan o`zining ulushi sifatida 2500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Farg`ona viloyatida kuzatilgan holatda, Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xo`jalik hisobidagi uy-joylarni ro`yxatga olish, almashtirish va taqsimlash” bo`limi boshlig`i o`zining vakolatli tanishlari orqali, mahalliy fuqaroning yashash xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda IJQKD xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1