1

Farg`onada fuqaro yashash xonadonida noqonuniy ohak sexi tashkil qilgani aniqlandi

Jinoyat 14.04.2024, 16:13
Farg`onada fuqaro yashash xonadonida noqonuniy ohak sexi tashkil qilgani aniqlandi

Davlat ro`yxatidan o`tmasdan Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani Qoratepa Dasht qishlog`i hududidagi yashash xonadonida tijorat maqsadlarida noqonuniy  ohak  sexi tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab olgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Farg`ona viloyat prokuraturasi, IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan yoqilg`i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog`liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Xususan, fuqaro A.U. tegishli tartibda davlat ro`yxatidan o`tmasdan Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani Qoratepa Dasht qishlog`i hududidagi yashash xonadonida tijorat maqsadlarida noqonuniy  ohak  sexi tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, 69,4 mln. so`mlik 46,2 ming metr. kub gazni yashirin ravishda o`g`irlagani aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan 14.04.2024 yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, A.U. prosessual tartibda ushlangan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1