1

Isroil prezidenti Eronning hujumini “urush e`lon qilish” deb atadi

Dunyo 15.04.2024, 10:43
Isroil prezidenti Eronning hujumini “urush e`lon qilish” deb atadi

Isroil prezidenti Eronning hujumini “urush e`lon qilish” deb atadi. Bu haqda Gersog Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tdi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

"Tunda bizga Yaqin Sharqning to`rt tomonidan hujum qilishdi, hujumlar Eron va unga sodiq kuchlar tomonidan amalga oshirildi. Bizga dronlar, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilishdi. Bu haqiqiy urushga o`xshaydi, bu urush e`lon qilishdir", — deya fikr bildirdi Isroil prezidenti.

Suhbat chog`ida prezident Eron hujumiga mamlakatning javobi qanday bo`lishi mumkinligi haqidagi savolga to`g`ridan-to`g`ri javob berishdan qochdi. Gersogning so`zlariga ko`ra, Isroil barcha variantlarni ko`rib chiqmoqda.

"Xalqimizni himoya qilish va buning uchun zarur choralar ko`rishimizga ishonchim komil. Biz urush qidirmayapmiz, biz tinchlik tarafdorimiz", — deya qo`shimcha qildi Gersog.

Eslatib o`tamiz, Eron 14 aprelga o`tar kechasi Isroilga qarshi yuzlab raketa va dronlar yordamida Isroilga hujum uyushtirdi. SAXAL ularning aksariyatini urib tushirishga muvaffaq bo`lganini bildipdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1