1

Qo`qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu avtobusi xarid qilindi

Jamiyat 15.04.2024, 13:31
Qo`qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu avtobusi xarid qilindi

Farg`ona viloyatida aholiga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, xususan, jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 20 dona Isuzu HC 45 rusumli avtobus xarid qilindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur transport vositalari «Bekavtoyo`lovchitrans» MChJ tomonidan Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan.

Ular tez orada Qo`qon shahri avtobus yo`nalishlarida aholiga xizmat ko`rsatishni boshlaydi, deyiladi xabarda.

Bu turdagi avtobuslar 39 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan bo`lib, o`rindiqlar soni 18 tani tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1