AsosiyDunyo
1534

Ummon sultonligida ham suv toshqinlari boshlandi

'Ummon sultonligida ham suv toshqinlari boshlandi'ning rasmi

Ummon sultonligida sodir bo`lgan kuchli suv toshqini oqibatida kamida 17 kishi, jumladan, to`qqiz nafar maktab o`quvchisi halok bo`ldi. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.

Tabiiy ofat bir qancha viloyatlarga tarqalgan.

Toshqinga so`nggi bir necha kun ichida yog`gan kuchli yomg`ir sabab bo`lgan. Qutqaruvchilar tabiiy ofatdan omon qolganlar va jabrlanganlarni qidirmoqda.

O`tgan oy Indoneziyaning G`arbiy Sumatra provinsiyasida kuchli yog`ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari 26 kishining hayotiga zomin bo`lgandi. Shuningdek, Argentina poytaxtini suv bosgan. Uylarning erto`lasi suv ostida qolib, bir kishi halok bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar