1

Toshkentda tok urib vafot etgan o`quvchi o`qigan maktab direktori va o`rinbosari qamaldi (video)

Jinoyat 17.04.2024, 10:20
Toshkentda tok urib vafot etgan o`quvchi o`qigan maktab direktori va o`rinbosari qamaldi (video)

Toshkentda 8-sinf o`quvchisi tok urib vafot etishi ortidan maktab direktori va "zamdirektori"ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar berilgan edi. 

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman sudi hukmiga ko`ra, "zamdirektor" JKning 207-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan va 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maktab direktori ham JKning 207-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi hamda 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1