1

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi

Jamiyat 18.04.2024, 12:15
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi

“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-161-son, 17.04.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra:

2024 yil 1 iyundan MSK-64 shkalasi bo`yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot ob`ektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyasiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo`lga qo`yiladi.

 2024 yil 1 iyuldan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo`lgan ob`ektlarga bino va inshootlarning yuk ko`taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o`rnatish majburiy etib belgilanadi.

2024 yil 1 iyulgacha respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtiriladi hamda ularning onlayn bazalari shakllantiriladi.

2024 yil 1 avgustdan xavflilik omili III – IV toifa bo`lgan ob`ektlarni hududning zilzilalar kuchini ko`rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 iyundan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo`lgan ob`ektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 iyulgacha texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensasion in`eksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformasiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.

2024 yil 1 maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.

Zilzila muhandisligi olimlari assosiasiyasini (Assosiasiya) tashkil etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1