AsosiyDunyo
3340

Turkiyada "massaj"chi niqobidagi o`zbek fohishalari qo`lga olindi

'Turkiyada "massaj"chi niqobidagi o`zbek fohishalari qo`lga olindi'ning rasmi

Kojaelida turk polisiyasi massaj saloni niqobi ostida faoliyat yuritayotgan fohishaxonaga reyd o`tkazdi, deb xabar bermoqda ensonhaber nashri. 

Reyd davomida 6 ta davlat – Keniya, Nepal, Tailand, Turkmaniston, Janubiy Afrika va O`zbekiston fuqaroligiga ega 8 nafar ayol mehmonxonaning birinchi qavatidagi massaj xonasida fohishalik qilayotgan paytida qo`lga olingan. 

Aniqlanishicha, ayollar salonda noqonuniy ishlagan. Fohishalar o`z yurtlariga deportasiya qilinishi, massaj saloni egasiga nisbatan tergov boshlangani qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar